20:00 / 20.11.2023
440

Moskvada o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Moskvada o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Moskvada o‘zbekistonlik Alfi Tower osmono‘par binosi quruvchilari o‘rtasida oshxonaga navbat ustidan ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Baza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 16 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Oqibatda ikki kishi jarohat olgan, mushtlashuvda ishtirok etgan jami 37 kishi — 35 nafar O‘zbekiston, bir nafar Rossiya, bir nafar Turkiya fuqarosi politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Ular mushtlashuvda tayoq va armaturadan foydalangan. Baza xabariga ko‘ra, qurilish ishchilari oshxonada navbat sababli urishgan, jumladan, kimdir joy bermasligi oqibatida konflikt boshlanib, mushtlashuvga aylanib ketgan. Shundan so‘ng ikki ishchi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan — ularda ko‘karishlar borligi aniqlangan va tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin qo‘yib yuborilgan.


Holat yuzasidan to‘rt kishi qo‘lga olingan, yana bir necha kishi qidirilmoqda. Ularga nisbatan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)