20:55 / 22.11.2023
569

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘lish shartini aytdi

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘lish shartini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga va uning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi sulh bo‘yicha takliflarini muhokama qilishga tayyorligini aytdi.

Keling, u bilan gaplashaylik va unga tinchlik formulasida qanday qadamlar borligini ko‘rsatish imkoniyatini beraylik”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining mazkur bayonotida Trampning “24 soat ichida” Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishishga va’da bergani sabab bo‘ldi. Zelenskiy Tramp bilan uchrashishga tayyormi, degan savolga javob berar ekan, Ukraina prezidenti shunday dedi:

Ha, tayyorman. Albatta. Agar uning tinchlik bo‘yicha aniq rejasi bo‘lsa, u men bilan bo‘lishishi mumkin.  Agar Donbass va Qrimni Rossiyaga bersak, urushni to‘xtata olamiz. Mamlakatimiz bunday tinchlik rejasiga tayyor bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Bu tinchlik rejasi emas”, — dedi Ukraina prezidenti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo