Xitoyda bolalar o‘rtasida noma’lum xavfli kasallik tarqaldi

Dunyo1 daqiqa o'qish288
Xitoyda bolalar o‘rtasida noma’lum xavfli kasallik tarqaldi

G‘arbiy va Tayvan ommaviy axborot vositalari Xitoy shimolidagi kasalxonalar bolalar bilan to‘lib ketgani haqida xabar berishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan bolalarda noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘radi, deb xabar bermoqda Reuters.

JSST matbuot xizmati Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi 13 sentyabr kuni Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari ko‘paygani haqida xabar berganini eslatdi. Keyin Xitoy rasmiylari buni antikovid cheklovlari olib tashlanishi va ma’lum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohladi.

«JSST Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalari ko‘payishi haqida batafsil ma’lumot berish uchun rasmiy so‘rov yubordi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Kuni kecha The Telegrarh nashri Xitoy shimolidagi bolalarda noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida RroMed (dunyo bo‘ylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, Xitoy kasalxonalari «kasal bolalar bilan to‘lib ketgan» va epidemiya Pekin kabi yirik shaharlarga tarqalib bo‘lgan.

The Telegrarh ta’kidlaganidek, aynan RroMedning 2019 yil dekabr oyi oxiridagi ogohlantirishi ko‘plab shifokorlar va olimlarning e’tiborini ilgari noma’lum bo‘lgan, keyinchalik Sars-Cov-2 (COVID-19) deb ataladigan virusga qaratgandi.

Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liaoning kasalxonalari kasal bolalar bilan to‘lib ketgani haqida xabar beradi. «Ular yo‘talmaydi va hech qanday alomat yo‘q. Ularda shunchaki yuqori harorat (isitma) bor, ko‘pchilikning o‘pkasida tugunlar paydo bo‘ladi», — dedi nashrga poytaxtliklardan biri. Pekinlik yana bir fuqaroning aytishicha, endi shamollash belgilari bilan maktablarga kelish taqiqlangan va sodir bo‘layotgan barcha hodisalar «davlat siri»dir.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?