18:53 / 26.11.2023
738

Politsiya o‘g‘rilikka tushgan Harri Keynni qidiryapti

Politsiya o‘g‘rilikka tushgan Harri Keynni qidiryapti

Angliyada g‘alati voqea yuz berdi. London politsiyasi Harri Keynni qidirayotgani haqida xabar tarqaldi.

Kutilmagan yangilik futbol ishqibozlarini chalg‘itib qo‘ydi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, sodir etilgan jinoyatga Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynning umuman aloqasi yo‘q.

O‘g‘rining ismi va familiyasi mashhur hujumchi bilan bir xil ekan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda juda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hamma taniydigan Harri Keynning bu hodisadan xabari ham bo‘lmasa kerak. U “Bavariya” safida to‘purarlik bo‘yicha rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo