Ukrainada parlament va prezident saylovlari «urush tugaganidan keyin» o‘tkaziladi

Dunyo1 daqiqa o'qish152
Ukrainada parlament va prezident saylovlari «urush tugaganidan keyin» o‘tkaziladi

Foto: ctrana.news

Ukraina Oliy Radasining to‘qqizinchi chaqiriq rahbariyati, fraksiya va guruhlari navbatdagi saylovlar harbiy holat tugagandan keyingina o‘tkazilishi haqidagi bayonotni imzoladi.

Bayonot 10-12 noyabr kunlari Zakarpatiya shahrida bo‘lib o‘tgan tinchlik va demokratiya uchun «Jan Monne muloqotlari» formatidagi yig‘ilishda qabul qilindi.

Hujjatda aytilishicha, Ukraina parlamentida vakillik qilgan barcha siyosiy kuchlar vakillari «kelajakda erkin va adolatli milliy saylovlar (parlament, prezidentlik) urush tugaganidan va harbiy holat bekor qilinganidan so‘ng o‘tkazilishi» haqida kelishib oldi. Bunda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun harbiy holat tugaganidan keyin kamida olti oy o‘tishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Hujjatni «Xalq xizmatkori» fraksiyasidan David Araxamiya, “Batkivshchina”dan Yuliya Timoshenko, “Yevrobirdamlik”dan Irina Gerashchenko, “Golos”dan Aleksandra Ustinova va boshqa parlament guruhlari vakillari imzoladi, deb yozdi «Ukrainska pravda».

Ukrainada prezidentlik saylovi 2024 yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 2023 yil avgust oyida Volodimir Zelenskiy agar urush davrida saylovlar o‘tkazilsa, yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytdi. Oktyabr oyida Ukrainada amaldagi harbiy holat tufayli Oliy Radaga saylovlar o‘tkazilmadi. Zelenskiy noyabr oyi boshida «hozir saylov vaqti emas», dedi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?