17:37 / 01.12.2023
443

Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

Foto: Getty Images

Qish yaqinlashgani sabab Rossiya bilan urushning yangi bosqichi boshlanyapti, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Assosiated Rress agentligiga bergan intervyusida.

Biz urushning yangi bosqichidamiz, bu haqiqat. Qish urushning yangi bosqichiga o‘xshaydi. Shuni aytishim mumkinki, qishda urushlar nafaqat frontda, balki shaharlar ichida ham olib boriladi”, — deydi Zelenskiy.

Ukraina mojaroning navbatdagi, xavfliroq bosqichiga o‘tayotgani haqida The Wall Street Journal noyabr o‘rtalarida yozgandi. O‘shanda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukrainadagi janglar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani, urush uzoqqa cho‘ziladigan pozitsion janglarga aylanib qolish xavfi haqida ogohlantirgan. Bu vaziyat Ukraina armiyasiga ham, davlatning o‘ziga ham xavf tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

21 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rossiyalik qo‘shinlar guruhlari faol mudofaa ishlarini davom ettirayotgani, butun qo‘shma chiziq bo‘ylab pozitsiyalarni egallab turgani va o‘z pozitsiyalarini bosqichma-bosqich yaxshilayotganini aytdi. Ukraina kuchlari oldinga siljiy olmayapti, dedi vazir. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi boshidan beri Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 13,7 ming kishini tashkil qilgan.

Yoz boshidan beri Ukraina qarshi hujum olib bormoqda. Zelenskiy hujum qiyin kechayotgani va Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy qarshilikka uchrayotgani haqida aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo