date
views 838

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi urush ertami-kechmi sodir bo‘ladi

Foto: Google Images

KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi harbiy keskinlikni pasaytirish bo‘yicha kelishuvga rioya qilish to‘xtaganidan so‘ng, Koreya yarimorolida urush bo‘lishi vaqt masalasiga aylandi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan chop etilgan maqolada aytiladi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaning amaldagi rahbariyati ichki siyosiy sabablarga ko‘ra KXDRga nisbatan dushmanona siyosat olib bormoqda va tasodifiy to‘qnashuvlarning oldini olish mexanizmi bo‘lib xizmat qilgan kelishuvdan voz kechish uchun bahona kutayotgan edi. Maqolada aytilishicha, 21-noyabr kuni KXDR razvedka sun’iy yo‘ldoshining  uchirilishi bahona vazifasini bajarib berdi.

“Dunyodagi eng shiddatli qarama-qarshilik olib borayotgan KXDR va Janubiy Koreya chegarasida katta kuchlar to‘plangan. Hozir bufer zonalar butunlay yo‘q qilindi”, — deyiladi maqolada.

“Endi Koreya yarimorolida jismoniy to‘qnashuv va urush ehtimollik emas, balki vaqt masalasiga aylandi”, — deb hisoblaydi material muallifi. Uning ta’kidlashicha, Pxenyan Janubiy Koreya armiyasini o‘zining jiddiy dushmani deb hisoblamaydi.

“Agar Koreya Respublikasining harbiy va siyosiy vakillari asossiz harbiy provokatsiya qilishga jur’at etsa, biz bu provokatsiyani zudlik bilan va kuchli choralar bilan bostiramiz”, — deyiladi KXDR bayonotida.

“Agar provokatsiyalar sodir etilsa, Shimol va Janub o‘rtasidagi harbiy sohadagi kelishuvning to‘liq bekor qilinishiga sabab bo‘ladi”, — deya taʼkidlanadi maqolada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi urush ertami-kechmi sodir bo‘ladi