Venesuela va Gayana o‘rtasidagi ziddiyat tufayli Braziliya chegaraga zirhli texnikalarini yubormoqchi
Foto: AP
Braziliya Mudofaa vazirligi Essekibo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan urushning bir nechta ssenariylarini ko'rib chiqmoqda. Vazir Xose Musio Venesuela chegaralariga20 tazirhli texnika va130nafar askar jo‘natishni rejalashtirayotganinima’lum qildi.
G1 nashri manbasiga tayanib, Braziliya rasmiylari Venesuela va Essekibo mintaqasi chegarasida jangovar tayyorgarlik darajasini oshirganini yozmoqda. Nashrning qayd etishicha, Braziliya mamlakati rahbariyati mojaro ehtimoli yo‘q deb hisoblaydi va hozirda aralashmaslik pozitsiyasidan turib harakat qilmoqda.
Venesuelada 3-dekabr kuni referendum bo‘lib o‘tdi, unda Gayana-Essekibo shtatini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan. 2015-yilda boy neft konlari topilgan mintaqa hozirda qo‘shni Gayana davlati tarkibiga kiradi. Venesuela hukumati referendumda ovoz berganlarning95foizi yangi shtat tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 4-dekabr kuni mamlakat Essekiboni qaytarishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Gayana vitse-prezidenti Bharrat-Jagdeo esa hukumat vaziyat keskinlashuviga tayyorlanayotgani va mudofaasini kuchaytirishga harakat qilayotganini ma’lum qilgan.