19:34 / 09.12.2023
249

Meksikada qishloq aholisi narkokartelga qarshi urushga chiqdi

Meksikada qishloq aholisi narkokartelga qarshi urushga chiqdi

Videodan kadr

Meksika hukumatining ma’lum qilishicha, mamlakat markaziy qismidagi kichik fermerlik jamiyati aholisi va jinoiy to‘da a’zolari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 11 kishi halok bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan mushtlashuv videosida o‘roq va ov miltig‘i ko‘targan kovboy shlyapalaridagi qishloq ahli jinoiy guruh a’zolarini quvib yurgani aks etgan.

Mexiko shtati politsiyasining bildirishicha, to‘qnashuv poytaxtdan 130 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Teskaltitlan qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari jinoiy to‘da a’zosi, uch nafari esa qishloq aholisidir. Politsiya jinoiy guruh ishtirokchilarining shaxsini aniqlamadi, ammo zo‘ravon Michoakan oilasi narkokarteli o‘n yil davomida hududda hukmronlik qilib keladi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Michoakan oilasi jangarilari qishloqda avvalroq paydo bo‘lgan va mahalliy fermerlardan pul undirishgan.

Meksikadagi narkokartellar deyarli har qanday qonuniy yoki noqonuniy biznesdan pul undiradi, ba’zan pul to‘lashdan bosh tortgan rancholar, fermer xo‘jaliklari yoki do‘konlarga hujum qiladi yoki ularni yoqib yuboradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo