date
views 416

Dunyodagi eng ommabop smartfonlar top-10 taligi e’lon qilindi

Dunyodagi eng ommabop smartfonlar top-10 taligi e’lon qilindi

Counterpoint Research tahlilchilari 2023 yil uchinchi choragi, ya’ni iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan davrda jahon bozorida eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini tuzib chiqdi va ma’lumotlar boshqa choraklar va o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslandi.

Foto: Counterpoint Research

Jadvalda ko‘rsatilganidek, Apple smartfonlari o‘zgarishsiz yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ketma-ket uchinchi chorakda ham iPhone 14 ning turli modellari top uchlikni egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rin ham Apple kompaniyasiga tegishli bo‘lib, uni iPhone 13 egalladi.

Shuningdek, ro‘yxatdan Samsung Galaxy'ning ko‘plab hamyonbop modellari joy oldi. Jadvalda ajralib turgan Redmi 12C top-10 talikda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, reytingdagi 10 ta model uchinchi chorakda hamma smartfonlar savdosining 19 foizini tashkil qilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan bir foizga kam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng ommabop smartfonlar top-10 taligi e’lon qilindi