19:30 / 17.12.2023
1 129

«Muammo yo‘q edi. Endi bo‘ladi». Putin Finlandiyaning NATOga a’zoligi haqida

«Muammo yo‘q edi. Endi bo‘ladi». Putin Finlandiyaning NATOga a’zoligi haqida

Foto: Sefa Karacan/Anadolu via Getty Images

RF prezidenti Vladimir Putin Finlandiya «NATOga tortilishi»dan oldin Rossiyada bu mamlakat bilan hech qanday muammo bo‘lmaganini aytdi.

«Bizda Finlandiya bilan qandaydir bahslar bo‘lganmidi? Barcha bahslar, jumladan hududiy xususiyatdagi munozaralar XX asr o‘rtalaridayoq hal etilgandi.

Hech qanday muammo yo‘q edi. Endi bo‘ladi. Chunki endi biz Leningrad harbiy okrugini tashkil etamiz va u yerga ma’lum miqdordagi harbiy bo‘linmalarni to‘playmiz. Bu ularga nega kerak edi, bu shunchaki qandaydir bema’nilik», – degan Putin jurnalist Pavel Zarubinning «Rossiya-1» telekanalidagi «Moskva. Kreml. Putin» dasturiga bergan intervyusida.

U AQSH prezidenti Jo Baydenning agar «Putin Ukrainada to‘xtatilmasa», RF NATOga hujum qilishi mumkinligi haqidagi bayonoti yuzasidan ham fikr bildirgan.

«Bu mutlaqo bema’nilik. O‘ylaymanki, prezident Bayden buni tushunadi. Bu shunchaki uning Rossiya yo‘nalishidagi noto‘g‘ri siyosatini oqlash uchun aytilgan gap», – degan u.

Putin Rossiya NATO mamlakatlari bilan jang qilishdan manfaatdor emasligini qayd etgan.

«Istalgan yirik mamlakatning, NATO a’zosining, ayniqsa NATOning yagona xo‘jayini bo‘lgan mamlakatning prezidenti Rossiyada NATO mamlakatlari bilan jang qilish uchun na geosiyosiy, na iqtisodiy va na harbiy sabablar va manfaatlar borligini tushunmasligi mumkin emas. Bizda ular bilan o‘zaro hududiy da’volarimiz yo‘q, ular bilan munosabatni buzish istagi ham», – degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksincha, Rossiya bu mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Putin RFda alyans a’zolari bilan hech qanday muammo bo‘lmagani, Rossiyadek raqobatchi kerak bo‘lmagani tufayli bu muammolar sun’iy yaratilganini ta’kidlagan.

  • Finlandiya shu yil 4 aprel kuni NATO a’zosiga aylangandi. Mamlakat Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish uchun arizani 2022 yil fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p vaqt o‘tmay topshirgandi. Bunga qadar Finlandiya o‘nlab yillar mobaynida saqlanib kelgan betaraflik maqomidan voz kechishni rejalashtirmayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Muammo yo‘q edi. Endi bo‘ladi». Putin Finlandiyaning NATOga a’zoligi haqida