06:00 / 19.12.2023
336

Italiya hukumati sobiq mafiya uyini portlatib yubordi

Italiya hukumati sobiq mafiya uyini portlatib yubordi

Foto: Google Images

Italiya hukumati sobiq mafiya a’zolariga tegishli uyni portlatib yubordi. Ilgari bu binoda mebel fabrikasi joylashgan edi. 2008 yilda “Erkin maydon” operatsiyasi paytida uy “Ndrangheta” mafiya guruhidan musodara qilingan.

2012 yilda bino natsionalizatsiya qilingan va shu kungacha foydalanilmagan. O‘tgan yili Italiya hukumati uyni vayron qilib, uning o‘rniga treylerlar uchun turargoh qurishga qaror qildi, deb yozadi la Repubblica.

Avvalroq Italiyada eng ko‘p qidirilayotgan 100 nafar jinoyatchidan biri — Neapol mafiyasi Kamorra klanlaridan birining taniqli vakili 31 yoshli Gaetano Angrisano qo‘lga olingani xabar berilgandi. U ikki yoshli o‘g‘lining tug‘ilgan kunini nishonlash chog‘ida qo‘lga olingan bo‘lib, operativ tadbirda 250 nafar politsiyachi ishtirok etgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo