06:00 / 20.12.2023
297

Buyuk Britaniya Ukraina bilan xavfsizlik shartnomasi tuzgan birinchi davlatga aylanadi

Buyuk Britaniya Ukraina bilan xavfsizlik shartnomasi tuzgan birinchi davlatga aylanadi
Foto: Reuters

Yaqin haftalarda Buyuk Britaniya Ukraina bilan o‘n yillik xavfsizlik kafolati shartnomasini imzolaydi va bunday qadam tashlagan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda The Telegraph yozdi.

Kiyev so‘nggi olti oydan beri 30 ga yaqin davlat bilan shu kabi ikki tomonlama kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Dastlab, tegishli hujjat imzolanadigan birinchi davlat Qo‘shma Shtatlar bo‘lishi rejalashtirilgan, boshqalar undan o‘rnak olishi kerak edi. Biroq Vashington hozir Kiyevga 2024 yilda qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatishni ham kafolatlay olmayapti, shu sababli Amerika-Ukraina harbiy hamkorligining konturlari, asosan, katta so‘roq ostida. Bunday vaziyatda Birlashgan Qirollik Ukrainaning sheriklari orasida bo‘sh bo‘lgan yetakchi o‘rnini - hech bo‘lmaganda ma’naviy o‘rnini egallashga qaror qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyaga qarshi «Kiyevni qo‘llab-quvvatlash» maqsadini belgilab beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumining asosi, birinchi navbatda, dengiz hamkorligi bo‘ladi.

Yangi kelishuv Ukrainani minalardan tozalash uchun kemalar bilan ta’minlash va dengiz kuchlarini mustahkamlash uchun Buyuk Britaniya va Norvegiya boshchiligidagi «dengiz koalitsiyasini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarning davomi bo‘ladi.

London dengiz ishlaridagi «o‘z kuchi va bilimi» Ukraina floti imkoniyatlarini oshirishga yordam berishiga ishonadi. Qirollik dengiz floti allaqachon ukrainalik mutaxassislarga uchuvchisiz suv osti kemalari yordamida minalardan tozalash, dengiz bombalarini, minalangan maydonlarni yo‘q qilish, shuningdek, amfibiya operatsiyalarini o‘rgatmoqda.

Biroq, masala shu bilan to‘xtab qolmaydi. London shuningdek, Kiyevning harbiy ehtiyojlarini moliyalashtirish majburiyatini oladi.

Kelishuvda qancha mablag‘ yordam berilishi hozircha noma’lum, biroq so‘nggi ikki yil davomida Buyuk Britaniya Ukrainaga kamida 2,3 milliard funt sterling ajratdi, bu yiliga taxminan 3 milliard dollarga teng. 2024 yilda bu miqdor kamida bir xil darajada bo‘lishi kutilmoqda. Nashrning Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbalari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha aniq rejalarni oshkor qilmadi, biroq ular orasida «yer va havo vositalari» ham borligiga ishontirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo