date
views 264

Kolorado sudi Donald Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

Kolorado sudi Donald Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

Foto: Reuters

Kolorado Oliy sudi 19 dekabr, seshanba kuni AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga shtatda davlat rahbari saylovlarida qatnashishni taqiqladi. Qaror 2024 yil 4 yanvardan kuchga kiradi va 2024 yil 5 martda bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar partiyasining birlamchi saylovlariga taalluqli bo‘lib, unda mazkur siyosiy kuchdan nomzodlar davlat oliy lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun tanlab olinadi.

Sudyalarning hukmi mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-o‘zgartirishga asoslanadi. Bu isyonda qatnashgan shaxslarga fuqarolik va harbiy davlat lavozimlarini egallashni taqiqlaydi. Sudyalar 2021 yilning yanvar oyida Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirish fitna harakati bo‘lgan deb qaror chiqardi.

Tramp Koloradodagi sud pozitsiyasiga qarshi chiqadi

Oq uy sobiq rahbarining rasmiy vakili Stiven Chjan sud qarorini «nodemokratik» deb atadi. Tramp vakillari AQSH Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.

Trampga qarshi xuddi shunday da’volar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.

Sobiq prezidentga qarshi 4 ta jinoiy ish

Donald Trampga qarshi allaqachon to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Unga barcha ishlar bo‘yicha jami 91 ta ayblov qo‘yilgan, u o‘z aybini tan olmayapti. Gap Jorjiyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar, maxfiy hujjatlar bilan noqonuniy ishlash, saylovda soxtalashtirishga urinish va prezidentlik kampaniyasi uchun yig‘ilgan mablag‘larning noqonuniy sarflanishi haqida bormoqda.

Shu bilan birga, Tramp 2024 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun saylov kampaniyasini davom ettirmoqda va Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzodlik uchun kurashda favorit hisoblanadi. Agar u biron bir ayblov bo‘yicha aybdor deb topilsa ham, bu uni Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzodini qo‘yishdan mahrum qilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolorado sudi Donald Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi