Foto: Dunyo
Saudiya Arabistonining ommabop An-Nahar News elektron gazetasida «O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev va Saudiya Arabistoni inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vaziri Ahmad bin Sulaymon al-Rojhiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari qalamga olingan.
«Uchrashuvda ijtimoiy masalalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash va Saudiya Arabistonining turli tarmoqlariga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Vazirlar, shuningdek, ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha fikr almashdi», - deyiladi maqolada.
Nashrda, shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzoq tarixga egaligi alohida qayd etilgan.
«Saudiya Arabistoni birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan. Ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hurmat, hamkorlik va turli masalalar bo‘yicha yaqindan maslahatlashish tajribasi bilan ajralib turadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda iqtisodiy hamkorlik muhim rol o‘ynaydi», - deb yozgan An-Nahar News.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi