10:31 / 31.12.2023
618

Rossiya TIV Belgorod o‘qqa tutilishida Buyuk Britaniyani aybladi

Rossiya TIV Belgorod o‘qqa tutilishida Buyuk Britaniyani aybladi
Foto: Taisiya Liskoves / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
30 dekabr kuni Belgorod shahriga berilgan zarbalar ortida Buyuk Britaniya turibdi, deb ma’lum qildi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
 
«[Hujum ortida] Britaniya turibdi, qaysiki Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini anglab, AQSH bilan muvofiqlashgan holda Kiyev rejimini terrorchilik harakatlariga undayotgan», — degan Zaxarova jurnalistlarga.
 
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hodisa uchun javobgarlik Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etayotgan Yevroittifoq davlatlarining ham zimmasida.
 
TIV vakili Rossiya hodisa yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘raganini  ham ma’lum qilgan.
 
Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatida, FVVning so‘nggi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘lgan, yana 100 dan oshiq kishi yaralangan. Guvohlar bu urush boshidan buyon amalga oshirilgan eng kuchli o‘qqa tutish bo‘lganini aytishgan.
  • Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalar Rossiyaning Belgorod shahri o‘qqa tutilishidan keyin Ukraina qurolli kuchlari Belgorod oblastidagi harbiy obyektlarga hujum uyushtirgani, shahardagi turar joy kvartallari esa go‘yoki Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlarining noprofessional harakatlari oqibatida zarbaga uchraganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo