Foto: Google Images
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatda inqilob yoki hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi.
“30 dekabr kuni ayrim saylov uchastkalarida o‘tkazilgan takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisi hukmron koalitsiyani qo‘llab-quvvatlashini ochiq-oydin bildirgan”, — dedi Vuchich.
“Hech qanday inqiloblar bo‘lmaydi, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish ham bo‘lmaydi. Xalq kimni qo‘llab-quvvatlashini aniq aytdi. Bu muhim ahamiyatga ega”, — deya ta’kidladi prezident.
Serbiyada 17 dekabr kuni navbatdan tashqari parlament va munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. “Aleksandar Vuchich — Serbiya to‘xtamasligi kerak” koalitsiyasi saylovda g‘alaba qozondi.
Ikkinchi o‘rinni egallagan muxolif “Serbiya zo‘ravonlikka qarshi” bloki vakillari ovoz berish natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda. 18 dekabr kuni muxolifat Belgraddagi Respublika saylov komissiyasi binosi yonida qator mitinglarni boshladi va 24 dekabr kuni ular poytaxt ma’muriyatiga bostirib kirishga urindi.
Tartibsizliklar politsiya tomonidan bostirildi, 38 kishi hibsga olindi, 7 nafari o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Vuchich Belgrad ma’muriyatini egallab olishga urinishni respublika suverenitetiga hujum deb atadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi