15:51 / 01.01.2024
417

Latviya tashqi ishlar vaziri: "Ukrainadagi urush tugashi bilan Yevropaga tahdid kuchayadi"

Latviya tashqi ishlar vaziri: "Ukrainadagi urush tugashi bilan Yevropaga tahdid kuchayadi"

Foto: Google Images

Rossiya Federatsiyasi hatto Ukraina o‘zining barcha hududlarini ozod qilgan taqdirda ham butun Yevropa uchun xavf tug‘dirishda davom etadi. Bu haqda Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh ma’lum qildi.

Uning LETA agentligiga bergan izohida ta’kidlashicha, tahdid Ukrainaga qarshi urush tugaganidan so‘ng darhol kuchayadi.

"Rossiya hukumati o‘z aholisining farovonligini oshirishga qodir emas. Barcha kuchlar tashqi dushman topishga va SSSRning qulashi eng katta yovuzlik degan fikrni shakllantirishga qaratilgan. Shuning uchun yo‘qotilgan hududlarni qaytarish kerak. Achinarlisi shundaki, bu Kreml urushi emas - bu Rossiya aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan urushga aylandi. Rossiya imperialistik ekspansiya bilan oldinga siljimoqda va Yevropa uchun tahdid bo‘lib qolmoqda", — deydi Krishyanis Karinsh.

Uning fikricha, Rossiyaning ehtimoliy g‘alabasi haqidagi gaplar G‘arbni buning oldini olishga undaydi, chunki Ukraina mag‘lubiyati Kremlga ularning taktikasi to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.

"Bu nafaqat Ukraina va Yevropaga hujum. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rnatilgan tartibga hujum. Bunda kuch emas, qonun ustuvorligi muhim rol o‘ynashi kerak", — dedi Latviya tashqi ishlar vaziri.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo