Foto: Nur.kz
Qozog‘istonda Milliy jamg‘armaning o‘rtacha investitsiya daromadidan bolalarga to‘lovlar berish boshlandi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Har yili Qozog‘iston neft daromadlarining 50 foizi voyaga yetmaganlarning hisob raqamiga tushadi. Mablag‘lar 18 yoshga to‘lgandan keyin uy-joy sotib olish va ta’lim uchun ishlatilishi mumkin. Bu tashabbus mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan ilgari surilgan. Har bir yosh qozog‘istonlik mamlakat milliy daromadidan foydalanishi kerak. 18 yoshgacha bo‘lgan bola uchun rejalashtirilgan jamg‘arma miqdori taxminan 3,5 ming AQSH dollarini tashkil qilishi mumkin.
16 dekabr kuni Qozog‘iston prezidenti Milliy jamg‘armadan bolalarga pul o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tug‘ilgandan boshlab dasturda ishtirok etayotgan har bir bola 150-160 AQSH dollari miqdoridagi 18 yillik to‘lovni olishi kutilmoqda.
Pul 2024 yil 1 fevraldan boshlab hisob raqamlariga tusha boshlaydi. 1 fevraldan keyin 18 yoshga to‘lgan bolalar pul yechib olish uchun elektron platforma orqali murojaat qilish huquqiga ega. Ular bir yil davomida to‘lovlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi