Foto: Kamil Krzaczynski/AFP/Getty Images
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 3 yanvar, chorshanba kuni AQSH Oliy sudidan Koloradodagi praymerizda o‘z nomini saylov byulletenida qoldirishni rasman so‘radi.
Shu tariqa, Tramp Kolorado Oliy sudining 2023 yil 19 dekabrda uni 2024 yil 5 martga belgilangan respublikachilarning birlamchi saylovlaridan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qildi.
«Kolorado Oliy sudining qarori Konstitutsiyaga zid ravishda Koloradodagi millionlab saylovchilarni saylov huquqidan mahrum qiladi va ehtimol butun mamlakat bo‘ylab o‘n millionlab saylovchilarni saylov huquqidan mahrum qilish uchun shablon sifatida ishlatilishi mumkin», deyiladi Trampning advokatlari murojaatida.
Trampga Koloradodagi praymerizda qatnashish taqiqlandi
Kolorado Oliy sudi Donald Trampga mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatish asosida praymeriz saylovlarida ishtirok etishni taqiqlagan. Bu isyonda qatnashgan shaxslarni fuqarolik va harbiy davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qiladi. 2021 yil yanvar oyida AQSH sobiq prezidenti tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirish sudyalar tomonidan isyon sifatida baholangan.
«Janob Trampning apellyatsiyasi uning munosibligiga oid muammolar soni va bu masalani milliy darajada hal etish zaruriyatini hisobga olib, AQSH Oliy sudiga bosimni kuchaytiradi», — deb yozadi The New York Times shu munosabat bilan.
Trampning Mendagi praymerizdan chetlatilishiga qarshi apellyatsiya
Avvalroq, 3 yanvarga o‘tar kechasi OAV Donald Tramp shtat davlat kotibi Shenna Bellouzning respublikachilar praymerizlarida ishtirok etishiga ruxsat bermaslik haqidagi qarori ustidan Men shtati sudiga apellyatsiya shikoyati bergani haqida xabar qilgan edi.
Trampga qarshi xuddi shunday da’volar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.
AQSH sobiq prezidentining o‘zi Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etyapti.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi