19:50 / 04.01.2024
349

Lukashenko prezidentlikdan ketsa, o‘zini va oilasini sud qilishni taqiqladi

Lukashenko prezidentlikdan ketsa, o‘zini va oilasini sud qilishni taqiqladi
Foto: Anadolu Agency
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Konstitutsiyaga sobiq prezident va uning oilasi huquqlarini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni kiritish haqidagi qonunni imzoladi.
 
O‘zgartirishlarga ko‘ra, sobiq prezident va uning oilasi daxlsizlik, umrbod qo‘riqlash xizmati va davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
 
Shuningdek, iste’fodagi prezident va uning oila a’zolari hokimiyat tepasida turgan paytda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilmaydi.
 
Aktivlar, mulk, yozishmalar va umrbod qo‘riqlash xizmatiga ega bo‘lish huquqi daxlsizligicha qoladi. Bundan tashqari, sobiq davlat rahbari vafot etgan taqdirda, uni dafn etish budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Sobiq prezidentning o‘zi iste’foga chiqqanidan so‘ng, Butun Belarus Xalq Assambleyasi delegati va Respublika Kengashining umrbod a’zosi bo‘ladi.
 
O‘zgartirilgan hujjat veb-saytda e’lon qilinmagan, ammo uni veb-arxivda topish mumkin.
 
Aleksandr Lukashenko Belarus Respublikasining yagona prezidenti bo‘lib, 2020 yildagi saylovda yettinchi marta bu lavozimga saylandi. Uning vakolatlari 2025 yilda tugaydi, ammo Belarusda prezident cheksiz ko‘p marta qayta saylanish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo