Foto: Picture Alliance
Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Rossiyaning xalqaro maydonda tobora yakkalanishi fonida kuchayib bormoqda, dam olish kunlari esa rus qo‘shinlari KXDRdan olingan ballistik raketalarni Ukrainaga qarata o‘qqa tutish uchun ishlatdi. Bu haqda 4 yanvar, payshanba kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Koreyaning kamida bitta raketasi 30 dekabr kuni Rossiya tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkin, 2 yanvar kuni esa Rossiya qo‘shinlari tomonidan yana bir nechta shunday raketalar Ukraina hududiga uchirilgan. Hozirda Qo‘shma Shtatlar ushbu o‘q-dorilardan foydalanishning ehtimoliy oqibatlarini baholamoqda.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Pxenyandagi rejim yaqinda Rossiyaga ballistik raketa uchiruvchi qurilmalar va bir nechta shunday raketalarni yetkazib bergan. Oq uy matbuot kotibi gap qancha raketa haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. «Bu Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llab-quvvatlashining sezilarli va xavotirli kuchayishi», dedi Jon Kirbi.
Rossiya va KXDR o‘rtasida harbiy texnologiyalar almashinuvi
Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalarning uchish masofasi 900 kmga yaqin. AQSH ma’muriyati taxminiga ko‘ra, Pxenyan o‘z yordami evaziga Rossiyadan harbiy texnika, jumladan, qiruvchi samolyotlar, «yer-havo» raketalari, zirhli texnika va ilg‘or harbiy texnologiyalarni olmoqchi. Bu Koreya yarimoroli va butun Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, deya ogohlantirdi Kirbi.
U shuningdek, AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva va Tehron o‘rtasida Eron raketalarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olg‘a siljiyotganini ta’kidladi – xalqaro yakkalanish kuchayishi tufayli Rossiya hamfikr davlatlardan harbiy texnika va qurol izlashga majbur. Biroq, Vashingtonda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Erondan Rossiya Federatsiyasiga raketalar hali yetkazib berilmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi