20:10 / 05.01.2024
774

Turkiyada qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Turkiyada qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol ushlandi
Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Nilufar Mirxonova qo‘shmachilikda ayblanib, hibsga olindi.
 
40 yoshli o‘zbekistonlik Turkiyada o‘tkazilgan «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Chanoqqal’a viloyatida ushlangan.
 
Mirxonova Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan fohishalar olib kelib, ularni fohishaxonalarga sotish bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda.
 
Turk nashrlariga ko‘ra, u bu faoliyati orqali oyiga 1 mln dollardan olib turgan bo‘lishi mumkin.
 
Turk matbuoti uni «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» deb atayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirxonova Turkiya fuqaroligini olish uchun o‘n besh kun oldin soxta hujjatlar bilan turkiyalikka turmushga chiqqandi.
 
Turkiya ichki ishlar vaziriga ko‘ra, «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Interpol tomonidan qidiruvga berilgan 61 kishi qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo