07:23 / 06.01.2024
558

Qozog‘iston Ukrainaning eng yosh millionerini qidiruvga berdi

Qozog‘iston Ukrainaning eng yosh millionerini qidiruvga berdi
Foto: Instagram
Olmaota Iqtisodiy tergov departamenti 26 yoshli ukrainalik millioner Vadim Mashurovni qidiruvga berdi. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi.
 
2023 yil 28 dekabrda Moliyaviy monitoring agentligi tashabbusi bilan Olmaota shahrida qidiruv ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Moliyaviy piramidalar bilan aloqa
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Vadim Mashurov Sincera yoki S-Group piramidasining yaratuvchisi va foyda oluvchilardan biri hisoblanadi.
 
Ukrainadagi ayblov
Mashurov Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan uchta: tovlamachilik, avtomobil va odam o‘g‘irlash bo‘yicha qidiruvga berilgan.
 
Professional investor va moliyaviy bozor tahlilchisi sifatida tanilgan Vadim Mashurov kriptobirja va kriptovalyutalar sohasidagi loyihalarni ishlab chiquvchi hisoblanadi. U, shuningdek, Instime.World asoschisi va Ukrainadagi eng yosh va eng muvaffaqiyatli millionerlardan biridir.
 
Sincera Systems bilan aloqa
Mashurov ishtirok etgan Sincera Systems (yoki S-Group, SS-Group) kompaniyasi Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi saytidagi moliyaviy piramidalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu ishda gumondorlar yozda qo‘lga olingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo