Foto: EPA
Yaponiyada zilziladan besh kun o‘tib keksa ayol vayronalar ostidan olib chiqildi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.
Jabrlanuvchi 90 yoshda bo‘lib, zilzila tufayli uyi qulab tushgan. Ayol Isikava prefekturasidagi Noto yarimorolida istiqomat qiladi. U zilziladan 124 soat o‘tib qutqarilgan.
Yaponiyadagi tabiiy ofat oqibatida 126 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Birgina Isikavada 365 dan ortiq uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan, 66 ming xonadon suvsiz qolgan. Bu yerda evakuatsiya qilinganlar soni 31 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
4 yanvar kuni qutqaruvchilar vayronalar ostidan u yerda 72 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan keksa ayolni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Seysmologlar yerosti silkinishlari xavfi saqlanib qolayotgani, yangi silkinishlar magnitudasi 7 ball bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi