Foto: Evelyn Hockstein / Reuters
G‘azo sektoridagi tinch aholi sharoitlar yaratilgach, uyiga qaytishi kerak. Bu haqda 7 yanvar, yakshanba kuni Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. Bu mintaqa tinch aholisiga uni tark etishi uchun bosim o‘tkazish qabul qilinishi mumkin emas, dedi diplomat.
G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yomonlashdi, dedi AQSH tashqi siyosat idorasi boshlig‘i Iordaniyaga tashrifi chog‘ida. Blinken Isroilga bo‘lajak tashrifi chog‘ida rasmiylarga G‘azo sektorida tinch aholi qurbon bo‘lishining oldini olish uchun ko‘proq harakat qilish zarurligini ta’kidlamoqchi.
Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti rahbari mintaqadagi «chuqur keskinlik»dan xavotir bildirdi. Yaqin Sharq mojarosi «metastazalar» berishi va «ko‘proq beqarorlik va azob-uqubatlarga» olib kelishi mumkin, deb ogohlantirdi Blinken.
Yaqin Sharqdagi g‘arb diplomatlari
AQSH davlat kotibi Yaqin Sharq bo‘ylab safari doirasida Iordan daryosi G‘arbiy sohili, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga ham tashrif buyuradi. Amerika diplomatining safari g‘arb davlatlarining mojaro avj olishi oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida amalga oshirilmoqda.
Xuddi shu kunlarda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ham mintaqada bo‘lib turibdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri avvalroq Isroilni G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilishga chaqirgan edi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 22 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!