Foto: “NTV”
Yevropani Rossiyadan uzoq muddat himoya qilishga faqat yagona Yevropa qurol sanoatini yaratish orqali erishish mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan “Jamiyat va mudofaa” konferensiyasida.
Ukraina rahbari Rossiya Yevropaning katta qismiga qarshi “gibrid urush” olib borayotganini ta’kidladi va Yevropani Moskvaga “saboq berishga” chaqirdi.
“Rossiyani mag‘lubiyatga uchratish mumkin, lekin buning uchun birdamlik zarur”, — deb uning so‘zlarini keltirdi “RBK Ukraina”.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina “Yevropa xavfsizligining eng muhim donorlaridan biri” va shunday bo‘lib qoladi. Kiyev o‘z xavfsizligi va sheriklarining xavfsizligini ta’minlash uchun dunyodagi eng yaxshi qurol va texnologiyalarni olishga intilmoqda.
“Kiyevning ustuvor yo‘nalishlari Bryusselning Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi qarorini amalga oshirish, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi a’zolari bilan munosabatlar va aloqalarni rivojlantirishdir. Ukraina bilan birgalikda NATO ancha kuchayadi”, — dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!