Foto: Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi shaxta yaqinida 150 metr chuqurlikka tushib ketgan avtobus topildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Transport vositasi 4 yanvar kuni avtobus chuqurga tushib ketgandi. U geologik skaner yordamida aniqlangan. Avtobusning chuqurlikka tushib ketgani sababi ma’lum emas. Hodisa vaqtida avtobusda to‘rt kishi bo‘lgan: uch nafar qutqaruvchi va bir haydovchi.
7 yanvar kuni kechki payt Pavlodar viloyati hokimi Asain Bayxanov avtobusning joyi aniqlangani haqida xabar berdi. Endilikda mutaxassislar chuqurlikka kichik ekskavatorni tushirish orqali uni kengaytirishga harakat qilmoqchi. Ushbu ekskavator avtobusga yetib borguncha tuproqni olib tashlaydi.
Qidiruv ishlariga 136 kishi, 41 ta texnika, 3 ta kinologik brigada va 2 ta dron jalb etilgan. Hodisa 4 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 01:25 da “Maykainzoloto” AJ hududida sodir bo‘lgan. Shaxtadan 33 nafar ishchi evakuatsiya qilingan, hech kim jabrlanmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi