Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)

Dunyo2 daqiqa o'qish563
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
Ko‘plab mashhurlar singari 2023 yilda oila qurgan turk yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.
 
Eda Eje
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
21 iyun kuni Eda Eje turmushga chiqdi. “Taqiqlangan sevgi” seriali yulduzi basketbolchi Bug‘rahan Tunjerning qonuniy rafiqasiga aylandi. To‘y keng miqyosda nishonlandi. To‘yga nafaqat oila a’zolari va  yaqin do‘stlar, balki juftliking ko‘plab tanishlari ham taklif qilindi. Turkiya matbuoti Eda marosimda yaxshigina pul ishlab olganini yozdi. Ko‘plab tabloidlar to‘y rasmlarini birinchi bo‘lib nashr etish huquqi uchun raqobatlashdi.
 
Selim Bayraktar
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
1 may kuni “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sunbul og‘a roli bilan mashhur bo‘lgan Selim Bayraktarning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Aktyorning rafiqasi Emel Karako‘se bo‘lib, aktyor birinchi xotinidan ajrashgandan so‘ng ko‘p o‘tmay uchrasha boshlashgan — Emel ham avval turmush qurgan, oldingi nikohidan bir qizi ham bor. Gap-so‘zlarga qaraganda Bayraktarning birinchi nikohi aynan Emel tufayli buzilgan. Ammo bu mish-mishlar rasman tasdiqlanmagan. To‘y marosimi yaqinlarining kichik davrasida bo‘lib o‘tdi.
 
Kaan Urganjio‘g‘lu
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
Kaan Urganjio‘g‘lu Burju Denizerga yashirincha uylangan. U keyinroq ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga to‘ydan olingan suratlarni joylashtirish orqali muxlislariga bu xushxabarni e’lon qildi. Juftlik dabdabali to‘ydan butunlay voz kechib, Turkiyaning Gretsiyadagi elchixonasida nikohdan o‘tdi. Tez orada Denizer farzand kutayotganini ma’lum qildi. Natijada Kaan bir yil ichida ham ota, ham er bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
 
Deniz Chaqir
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
Ko‘plab turk muxlislari uchun asosiy syurpriz “Muhtasham yuz yil” yulduzi Deniz Chaqirning nikohi bo‘ldi. 41 yoshli aktrisa tadbirkor Bilgechen Baykalga turmushga chiqdi. Kamtarona marosim paytida Denis odatdagi kelin guldastasidan voz kechib, qo‘lida tinchlik va sevgi ramzi dafna novdasini ushlab turdi.
 
Bora Akkash
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
2023 yilning 2 fevralida “Uch kurush” seriali yulduzi Bora Akkash Oben Akal bilan turmush qurdi. Kamtarona to‘y Milanda bo‘lib o‘tdi. Marosimga er-xotinning yaqinlari taklif qilindi. Ta’kidlash joizki, bu Akkashning ikkinchi to‘yi edi. Birinchisi 2017 yilda bo‘lib, o‘shanda Bora hamkasbi Seda Turkmenga uylangandi. Biroq ikki yildan keyin ular ajrashdi.
 
Ezgi Mola
Turk yulduzlarining 2023-yilda bo‘lib o‘tgan eng yorqin to‘ylari (foto)
8 may kuni 40 yoshli turk yulduzi Ezgi Mola sevgilisi Mustafo Aksakalli bilan turmush qurdi. Marosim uchun aktrisa shlefli va yelkalari ochiq uzun oq ko‘ylak tanladi. Sevishganlar 4 yillik munosabatlardan so‘ng turmush qurishga qaror qildi. Ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Mola dabdabali to‘y o‘rniga kichik marosim o‘tkazdi. To‘yga atigi 14 nafar mehmon taklif qilindi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?