Foto: RIA Novosti / Denis Abramov
Ba’zi «do‘st bo‘lmagan» davlatlar hududidagi Rossiya konsulliklarida Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari tashkil etilmaydi. Bu haqda 9 yanvar, seshanba kuni diplomatik doiralardagi manbaga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiya hukumatining tegishli ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlarning (49 ta) salmoqli qismi haqida ketmoqda. Biroq, gazeta suhbatdoshining ta’kidlashicha, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, maslahatlashuvlar davom etmoqda.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Pavel Andreyev nashrga mamlakatlarning ovoz berish uchun qamrovi hali aniqlanmaganini, xorijda saylov uchastkalarini shakllantirish muddati 24 yanvar ekanligini, ammo komissiya saylov sanasidan besh kun oldin tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqladi. «Do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda ovoz berishning ehtimoliy bekor qilinishi sababini gazeta manbalari xavfsizlik muammolari va konsullik xodimlari sonining qisqarishi bilan izohlamoqda.
RF TIV: «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda saylovlar bo‘yicha qaror yanvar oxirigacha qabul qilinadi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda, ovoz berishni tashkil etish formati va amaliy jihatlari e’lon qilinadi, dedi TIV vakili Mariya Zaxarova RBK'ga.
«Biz davlatlardan xavfsizlikni ta’minlashni so‘raymiz va idoralararo o‘rganish natijalariga ko‘ra xorijda ovoz berishni tashkil etish sxemasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi», dedi Zaxarova. U format va amaliy jihatlar taxminan yanvar oxiriga qadar e’lon qilinishini aytdi.
2018 yilgi prezidentlik saylovlarida 444 ming, 2012 yilda esa 442 ming kishi xorijda ovoz bergan, deb eslatadi «Vedomosti».
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!