Foto: Cosmopolitan / Hande Erchel va Hakan Sabanji
Turkiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, turk seriallari yulduzi Hande Erchel va tadbirkor Hakan Sabanjining to‘yi bo‘lishi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, to‘y 2024 yilning bahoriga rejalashtirilgan. O‘tgan yilning mart oyidan buyon birga bo‘lgan juftlik allaqachon marosimga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Ular to‘y o‘tkaziladigan joy, shuningdek, kelajakda yashash uchun uy qidirmoqda.
Aktrisaning qaylig‘i Hakan Sabanji Turkiyaning eng boy oilalaridan birining merosxo‘ri bo‘lib, u dengizda yuk tashish va aviatsiyani o‘z ichiga olgan yirik xolding kompaniyaga egalik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sabanji oilasining boyligi 1 milliard dollardan oshadi.
Sabanji yoshligidan oilaviy biznes bilan shug‘ullanib, futbolga mehr qo‘ygan. U “Beshiktosh” jamoasi muxlisi va sevimli jamoasini o‘z ichiga olgan sport klubi boshqaruv a’zosi ham hisoblanadi.
Hande Ercheldan oldin uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i turkiyalik mashhur qo‘shiqchi Hadise, aktrisalar Merve Bolug‘ur va Jansu Melis Karakush hamda model Didem Soydan bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!