23:00 / 10.01.2024
825

Turkmanistonda “Baxti Tashkentskiy”ning sherigi qo‘lga olingani aytilmoqda

Turkmanistonda “Baxti Tashkentskiy”ning sherigi qo‘lga olingani aytilmoqda

«Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning sheriklaridan biri Turkmanistonda qo‘lga olindi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

O‘zbekistonda jinoiy guruhlar a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha ommaviy reydlar 2023 yil dekabr oyida boshlandi. Jumladan, 3 dekabr kuni «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan «qonunga bepisand o‘g‘ri» Baxtiyor Qudratullayev va uning jinoiy guruhi a’zolari qo‘lga olindi.

25 dekabr kuni Qudratullayevning o‘g‘li va guruhning yana bir qancha a’zolari, jumladan Nargiza Jumaniyozova ham hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.

«Xronika Turkmenistana» xabariga ko‘ra, hibslar boshlanganidan so‘ng, O‘zbekiston maxsus xizmatlari turkmanistonlik hamkasblariga jinoiy guruh a’zolaridan biri 7 dekabr kuni Turkmaniston bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘lgani haqida tezkor ma’lumot bergan. Qayd qilinishicha, gumondor erkak «Baxti Tashkentskiy» sheriklaridan biri Nargiza Jumaniyozovaning Turkmanistonda yashovchi opasi Bibijon Jumaniyozova uyida ushlangan. U 9 dekabr kuni qo‘lga olingan va «Shovot» chegara punktida O‘zbekistonga topshirilgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Shu bilan birga, Bibijon Jumaniyozova uyidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 12 quti dori vositalari topilgani, unga nisbatan kontrabanda moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ta’kidlanmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo