14:15 / 11.01.2024
370

Tramp prezident bo‘lsa, AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirmoqchi

Tramp prezident bo‘lsa, AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirmoqchi

Foto: Pixabay

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirishga va’da berdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Mamlakatimiz tarixidagi eng katta deportatsiya harakatini amalga oshiramiz”, — dedi Tramp.

Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, hozirda Qo‘shma Shtatlarda millionlab noqonuniy muhojirlar bor.

Nyu-Yorkda oddiy talabalarni bir chetga surib tashlab, ularning o‘rniga muhojirlarni qo‘yishayotganini ko‘rdingizmi?... Biz hammani kelgan joyiga qaytaramiz”, — deb ta’kidladi Tramp.

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Jo Bayden prezident bo‘lgan davrda Amerika chegarasini 7 milliondan ortiq odam noqonuniy kesib o‘tganini aytgandi.

Fox News telekanali AQSH bojxona va chegara xizmatidagi manbalarga tayanib, 2023 yil dekabrida Meksikadan AQSHga kirgan noqonuniy migrantlar soni 302 ming kishidan oshib, mutlaq tarixiy rekord o‘rnatganini xabar qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezident bo‘lsa, AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirmoqchi