Foto: Yuliya Ivanko
Rossiyada uzoq muddat davomida turmush qurgan er va xotinga pul mukofoti to‘lash haqidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritildi.
Qonun loyihasi mualliflari to‘lovlarni turmushning yigirmanchi yilidan boshlab belgilashni taklif qilmoqda. Misol uchun, 20 yillik nikoh uchun er-xotin 20 ming rubl (≈2,8 mln so‘m), 25 yil uchun - 25 ming rubl (≈3,5 mln so‘m) oladi va hokazo. Maksimal miqdor - 70 ming rubl (≈9,8 mln so‘m) bo‘lib, 70 yillik nikoh uchun belgilangan.
Rossiyada doimiy yashovchi er-xotin, agar ularning nikohi bekor qilinmagan bo‘lsa, to‘lovlarni olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar er yoki xotin yubiley yilida vafot etgan bo‘lsa, uning bevasi to‘lovni olishi mumkin.
Qonun mualliflari tomonidan taqdim etilgan tushuntirish xatida aytilishicha, tashabbus «qiyin kunlarni boshidan kechirayotgan» nikoh institutini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Hozir uzoq muddatli nikoh uchun to‘lovlar Rossiyaning 19 ta mintaqasida bor. Xususan, Sankt-Peterburgda nikohning 50 yilligi munosabati bilan 50 ming rubl (≈7 mln so‘m) miqdorida to‘lov taqdim etiladi. Rossiyaning ayrim hududlarida pul o‘rniga faxriy yorliq va medallar beriladi.
Agar yangi qonun qabul qilinsa, 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring