Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga ovoz bermasligini aytdi, bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Mashhur milliarder Amerikaning CNBC telekanaliga bergan intervyusida 2020 yilgi saylovlarda Baydenga ovoz berganini ma’lum qilgan.
“Bu safar Baydenga ovoz berishimni tasavvur qila olmayman”, — deb yozadi Mask.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. So‘rovlar Donald Trampni Respublikachilar partiyasidagi praymerizda yaqqol favorit sifatida ko‘rsatmoqda. Unga amaldagi prezident Jo Bayden qarshi chiqishi kutilmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, Tramp 2024 yilda g‘alaba qozonishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar