200
Ilon Mask: “AQSH chegarachilariga noqonuniy migratsiyaga yordam berish vazifasi yuklatilgan”
Foto: Google Images
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning aytishicha, AQSH janubiy chegarasidagi patrul xizmatiga noqonuniy migratsiyaga yordam berish vazifasi yuklatilgan.
“Devor qurish — bu chalg‘ituvchi manyovr. Bu vaziyatni tuzatish uchun devor kerak emas. Chegara xizmatiga AQSHga keng miqyosdagi noqonuniy kirishni osonlashtirish vazifasi yuklangan. Asosiy muammo shundaki, har kim hech qanday dalilsiz boshpana talab qilishi mumkin. Bu butun Yer yuzidagi odamlar Amerikaga kelishi mumkinligini anglatadi”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.
Bayden ma’muriyati chegara xavfsizligi choralari bo‘yicha Texas hukumati bilan ziddiyatga kirishmoqda. Texas rasmiylari chegara yetarlicha qo‘riqlanmayotgani, oqibatda rekord miqdordagi noqonuniy migrantlarning Qo‘shma Shtatlarga kirishiga imkon yaratilayotganini ta’kidlamoqda.
Bayden administratsiyasi, o‘z navbatida, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘rilayotgan choralarni konstitutsiyaga zid va ortiqcha deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)