583
Surxondaryo tog‘li hududida ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Foto: Telegram
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Shalqon qishlog‘idagi yalangliklarda ikki kishiga tog‘dan tushib kelgan och bo‘rilar hujum qilgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi buni rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, aholida vahima uyg‘otgan ushbu voqea aslida Rossiyaning Volgograd viloyatida sodir bo‘lgan.
Xabarda qayd etilgan Shalqon, Vandob, Kampirtepa qishloqlarining tog‘larida yashovchi yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan. Qishning qahraton sovuq kunlarida qo‘riqxonada muntazam ravishda yovvoyi hayvonlar uchun biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, yovvoyi hayvonlar uchrovchi joylarga ozuqabop yemlar hamda xashaklar qo‘yib chiqiladi.
“Xabarda ilova qilingan rasmlar ham ushbu holat Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lmaganini ko‘rsatib turibti. Sababi murojaatda belgilangan hududlarda joriy yil hisobidan qor tushmaganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.
Boshqarma ijtimoiy tarmoq faollaridan har qanday xabarlarga ishonmasliklarini, holatga ishonch hosil qilmasdan turib xulosa chiqarmasliklarini va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmasliklarini so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi