06:00 / 29.01.2024
505

“Tolibon” 100 ga yaqin suv to‘g‘oni qurmoqchi

“Tolibon” 100 ga yaqin suv to‘g‘oni qurmoqchi
Foto: Hilmand viloyatidagi Kajaki to‘g‘oni / USACE
“Tolibon” qurg‘oqchilikning oldini olish maqsadida yerosti suvlarini mustahkamlash uchun 100 ga yaqin kichik suv to‘g‘onlari qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Afg‘oniston energetika va suv vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullatif Mansurga tayanib, TOLOnews xabar berdi.

Mansurning aytishicha, bir qancha to‘g‘onlar ochilgan va yana bir qancha to‘g‘onlar qurilmoqda.

Biz qisqa vaqt ichida 93 ta to‘g‘on qurish bo‘yicha shartnoma tuzdik, ulardan 5 tasi Logarda, 5 tasi Maydan Vardakda va Samangan viloyatida qurib bitkazildi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Biroq bir qancha fermerlar suv yetishmasligidan shikoyat qilib, dehqonchilikni davom ettira olmayapti. Ularning fikricha, suvning qisqarishi va ketma-ket qurg‘oqchilik mamlakatda ishsizlik darajasini oshirgan.

O‘tgan uch yildan buyon qurg‘oqchilik, ayniqsa, kartoshka va g‘alla yetishtirishda aholiga qattiq ta’sir ko‘rsatdi", — deydi fermer Muhammad Sarvar.

Yerda hech narsa o‘smaydi, shu yillarda odamlar juda ko‘p azob chekdi”, — deydi yana bir fermer Jummaxon.
Vazir vazifasini bajaruvchi ushbu loyihalarning qurilishi bilan suv tanqisligi ham bartaraf etilishini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo