Foto: Google Images
Ukrainada harbiy yoshdagi qariyb 3,4 million erkak Qurolli kuchlar safiga safarbar qilinishidan qo‘rqib, hukumatdan yashirinib yuribdi, dedi Oliy Radaning Iqtisodiy rivojlanish qo‘mitasi raisi Dmitriy Nataluxa.
“Bugungi kunda kamida 3,4 million erkak bor, ular haqida davlat faqat identifikatsiya raqamini biladi. Ular xorijda emas, Ukraina Qurolli kuchlarida emas, nogiron ham emas, o‘qimaydi va ishlamayapti”, — deydi u.
Nataluxaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu odamlarning qayerdaligini bilmaydi, lekin ular iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etadi. Shu bilan birga, bu odamlar “harbiy ro‘yxatga olish va chaqiruv boshqarmasi e’tiboriga tushmaslik uchun davlat banklaridan foydalanishni, naqd pul olishni, kredit kartalaridan foydalanishni, shaharlar o‘rtasida sayohat qilishni to‘xtatgan bo‘lishi mumkin”.
Ukrainada 2022 yil 24 fevraldan boshlab harbiy holat rejimi joriy etildi, ertasi kuni Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Harbiy holat davrida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning Ukrainadan chiqib ketishi taqiqlanadi.
Chaqiruv varaqasi turli joylarda topshirilishi mumkin. Bunday holat ko‘chalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va kafelarda amalga oshirilgani haqida turli videolar paydo bo‘ldi.
Chaqiruvni safarbarlikka jalb qilingan erkak ishlaydigan korxona rahbarlari, uy-joy idorasi boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi