
Foto: Reuters
Norozilik bildirib chiqqan fransuz fermerlari Ispaniya bilan chegaradan bir necha kilometr uzoqlikdagi avtomagistralni to‘sib qo‘ydi.
Independent gazetasining yozishicha, o‘nlab fermerlar Ispaniya bilan chegaradan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan A9 avtomobil yo‘lidagi pulli shoxobchalardan birida blokirovka uyushtirgan, bu esa trassada ko‘p kilometrlik tirbandlikka sabab bo‘lgan.
“Seshanba kuni (30 yanvar) norozilik namoyishlarini davom ettirayotgan namoyishchilar Ispaniyadan kelayotgan yuk mashinalarining yo‘lini to‘sib qo‘yishga qaror qildi. Yengil avtomobillar xavfsiz o‘tishi mumkin edi, biroq Ispaniya — Fransiya yo‘nalishidagi transport harakati to‘xtatildi”, — deydi nashr.
Aksiyani tashkillashtirish ishlari yashirin tarzda o‘tkazilgan, shu bois yo‘lning yopilishi kutilmagan hol bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar