Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
Firibgarlikda ayblanib Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022 yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Faxriddin Shakarboyev (1965 yilda tug‘ilgan) hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Xumoyunbek Mardonov (1992 yilda tug‘ilgan) 12 yanvar kuni Istanbulda qo‘lga olingan.
30 yanvar kuni ushbu fuqarolar bosh konsulxona diplomatlari ishtirokida Istanbul aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
“Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIVga murojaat qilishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
Turkiyada hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
28 yanvar kuni firibgarlikda ayblanib Turkiyada qo‘lga olingan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi