
Foto: Google Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belgorod viloyatida qulagan Il-76 samolyoti Amerika Patriot tizimi tomonidan urib tushirilganini, ekspertiza buni aniqlaganini ma’lum qildi.
Putin, shuningdek, Kiyev Il-76 samolyotini adashib urib tushirganini tan oldi, ammo “bu baribir jinoyat” dedi Rossiya prezidenti.
“Rossiya Il-76 samolyoti halokati yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazishni talab qilmoqda”, — dedi u.
24 yanvar kuni Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti Belgorod viloyatining Korochanskiy tumanida halokatga uchragan edi. Bortdagi 75 kishining barchasi, jumladan, 65 nafar ukrainalik harbiy asir halok bo‘lgan.
25 yanvar kuni harbiy transport samolyotining ikkala qora qutisi topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar