Foto: AFP
BMT Xalqaro sudi Ukraina tomonidan 2017 yil yanvarida Rossiya ustidan irqiy kamsitish konvensiyasi bo‘yicha berilgan shikoyat yuzasidan qaror chiqardi. Sud Moskva tomonidan 2014 yilda bosib olingan Qrimda ukrain tilida maktab ta’limini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari buzilganini tan oldi, ammo Ukrainaning boshqa barcha da’volarini rad etdi.
Sud xulosasiga ko‘ra, Ukraina Qrimdagi qrim tatarlari va ukrainlarga nisbatan irqiy kamsitish faktlarining aksariyatini isbotlay olmadi.
Shuningdek, sud Ukrainaga tovon puli undirishdan bosh tortdi va 2014 yil 17 iyulda Donetsk viloyatida Malayziya samolyoti halokati uchun Rossiyaning ehtimoliy javobgarligi bo‘yicha aniq qaror qabul qilmadi. Sud faqat Moskva Kiyev tomonidan «LXR» va «DXR» vakillariga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha tergov olib bormaganini tan oldi.
Shikoyatda Ukraina Rossiyaning Donbassdagi xatti-harakatlarini Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani, Qrimda esa irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani buzish deb tan olishni talab qilgan edi.
Rossiya avvalroq «o‘z hududlarida» inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlashini va bu huquqlarni himoya qilishini bir necha bor ta’kidlagan.
2023 yil sentyabr oyi boshida BMT xalqaro komissiyasi mutaxassislari hozirgi bosqichda Ukrainada genotsid alomatlari borligi haqida xulosaga kelmaganini e’lon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukraina bo‘yicha komissiyasi rahbari va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi sobiq sudyasi Erik Myosening ta’kidlashicha, komissiyada «Genotsid konvensiyasida ko‘zda tutilgan huquqiy talablarga javob beradigan yetarli dalillar» hali yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi