06:30 / 02.02.2024
131

Pentagon rahbari Amerika xalqidan shifoxonaga yotqizilgan holati uchun uzr so‘radi

Pentagon rahbari Amerika xalqidan shifoxonaga yotqizilgan holati uchun uzr so‘radi
Foto: Reuters
Pentagon rahbari Lloyd Ostin yil boshida shifoxonaga yotqizilgani haqida kech xabar berilgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga to‘liq olishini aytdi va buning uchun AQSH prezidenti Jo Baydendan kechirim so‘radi.

«Men prezident Baydendan kechirim so‘radim. Men unga jiddiy tashxisim va davolanishim to‘g‘risida darhol xabar bermaganimdan chuqur afsusda ekanimni aytdim. U samimiy va iltifot bilan javob berib, menga to‘liq ishonishini ta’kidladi», dedi Ostin.

«Men aniq aytaman, biz noto‘g‘ri ish qildik, men noto‘g‘ri qildim. Men o‘z tashxisim haqida prezidentga, hamkasblarim va Amerika jamoatchiligiga xabar berishim kerak edi. Men javobgarlikni to‘liq o‘z zimmamga olaman va buning uchun hamkasblarim va Amerika xalqidan uzr so‘rayman», deb qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, Pentagon rahbari departament rahbariyati uchun hech qanday xavf bo‘lmaganini ta’kidladi: «Har daqiqada men yoki o‘rinbosarim o‘z vazifalarimizni to‘liq bajardik».

Dekabr oyi boshida Ostinga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi va 22 dekabrda minimal jarrohlik amaliyoti, prostatektomiyadan o‘tdi.

Biroq 1 yanvar kuni Pentagon rahbari kuchli og‘riqlar bilan shifoxonaga yotqizildi, unga siydik yo‘llari infeksiyasi tashxisi ham qo‘yildi.

Shu bilan birga, Mudofaa vaziri bir necha kun davomida AQSH ma’muriyatini shifoxonaga yotqizilgani haqida xabardor qilmagan: Oq uyga 4 yanvargacha Mudofaa vazirligi rahbari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilmagan. Bu esa ko‘plab siyosatchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Keyinchalik Ostin bayonot berib, AQSH ma’muriyatini xabardor qilmasdan xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi. 29 yanvar kuni Ostin Pentagondagi ish joyiga qaytgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo