290
Rossiya kompaniyalari «arzon ishchi kuchi»ni Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyadan tobora ko‘proq qidirmoqda
Foto: RIA Novosti
Rossiya kompaniyalari «arzon ishchi kuchi» manbai bo‘lgan mamlakatlar – Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyadan mehnat migrantlarini yollash uchun rekruting agentliklariga tez-tez murojaat qilishni boshladi, deb yozdi «Kommersant» kamida beshta agentlik vakillariga tayanib.
Ventra Industrial rekruting kompaniyasi rahbari Olga Tonkix so‘zlariga ko‘ra, kimyo sanoati va agrosanoat majmuasi kompaniyalari shunday malakasiz ishchilarni izlamoqda. Support Partners konsalting kompaniyasi asoschisi Konstantin Borisovning qo‘shimcha qilishicha, konchilik kompaniyalari ham chet ellik «arzon» ishchilarni qidirmoqda.
«Ankor» holdingi vitse-prezidenti Aleksey Mironovning ta’kidlashicha, «kadrlar yetishmasligidan kelib chiqqan holda, ko‘plab kompaniyalar rus tilini bilmaydigan mehnat migrantlari bilan ishlashga tayyor».
Logistika bo‘yicha autsorsing bilan shug‘ullanuvchi Welldone rahbari 500 nafarga yaqin Hindiston fuqarosini olib kelish uchun pudratchi qidirayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishchilar ruslar bilan bir xil «maosh oladi», ammo uzoq muddatli istiqbolda bu «baribir foydali».
«Kommersant» suhbatlashgan ishga yollovchi agentliklar vakillarining qayd etishicha, kompaniyalar mehnat migrantlari uchun hujjatlarni tayyorlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Rossiya kompaniyalari egalaridan biri, agar qiyinchiliklar bartaraf etilmasa, ish beruvchilar xodimlarni noqonuniy ravishda olib kirishni boshlashini taxmin qilgan. «Bizga har yili Bangladeshdan Qozog‘istonga bir necha ming kishini hujjatsiz, konteynerda olib keladigan kompaniyalar allaqachon murojaat qilib, o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda», dedi u.
2023 yil may oyida «Vedomosti» nashri Rossiya FXX ma’lumotlariga tayanib, dastlabki uch oyda mehnat migrantlari oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga (1,3 million kishigacha) oshganini yozgan edi. Rossiyaga asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari kirib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi