Foto: Facebook
Florida shtati Markaziy okrugi prokuraturasi AQSH fuqarosi Abduvosit Raziqov (44 yoshda) va O‘zbekiston fuqarosi Dilrabo Obidovani (35 yoshda) immigratsion firibgarlik va AQSH hukumatini aldashda ayblamoqda. Bu haqda mamlakat prokuraturasi saytida ma’lum qilindi.
Ular federal idoralarga yolg‘on ko‘rsatmalar berish, immigratsiya imtiyozlarini olish, AQSH pasporti olish uchun ariza to‘ldirishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish va AQSH pasportini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish maqsadida ko‘p yillar davomida til biriktirib kelgani aytilmoqda.
Shuningdek, Raziqov va Obidova pasport firibgarligi bilan bog‘liq bir nechta holatda ayblanmoqda, Obidova esa bundan tashqari, federal idoralarga yolg‘on ma’lumotlar berganlikda va noqonuniy ravishda AQSH fuqaroligini olishga urinishda gumonlanyapti.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, aslida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Raziqov AQSH fuqarosi bilan soxta nikoh qurish orqali avvaliga immigrant maqomini, keyinchalik esa AQSH fuqaroligini olgan.
Prokuratura ma’lumotlarida keltirilishicha, Obidova ham AQSH fuqarosi bilan soxta nikoh qurish orqali immigratsiya imtiyozlarini olishi uchun o‘zaro til biriktirgan. Ayni paytda Raziqov va Obidova yashirincha turmush qurgan va buni migratsiya idoralaridan yashirgan. Er-xotin farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarida Obidovaning soxta erini bolalarning otasi sifatida ham ko‘rsatgan. Yakunda ikkisi ham Raziqov va farzandlari uchun AQSH pasporti olish bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlardan iborat arizalar topshirgan.
Qo‘shma Shtatlarda qonuniy ravishda doimiy rezident bo‘lganidan so‘ng, Obidova AQSH fuqaroligini olishga ham harakat qilgan. Ayblov xulosasida aytilishicha, ayol fuqarolikka qabul qilish arizasida kelib chiqishi, nikoh holati va immigratsiya maqomini olishga urinishlari haqida ko‘plab yolg‘on ma’lumotlar bergan.
Agar Raziqov va Obidova aybdor deb topilsa, ular jinoiy til biriktirgani uchun 5 yilgacha, pasport olishdagi firibgarlik uchun esa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, Obidova federal idoralarga yolg‘on ko‘rsatma bergani uchun 5 yil, AQSH fuqaroligini noqonuniy olishga uringani uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSHning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (grin-karta) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egallagan. 2023 yil noyabr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda o‘tgan ikki yil ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi