20:00 / 02.02.2024
287

Britaniya tashqi ishlar vaziri Falastin davlatini tan olish shartini aytdi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Falastin davlatini tan olish shartini aytdi
Foto: Arab News
Buyuk Britaniya G‘azodagi urush bo‘yicha muzokaralar yakunlanishini kutmasdan mustaqil Falastin davlatini rasman tan olishi mumkin. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bu yo‘lda birinchi qadam harbiy harakatlardagi pauza bo‘lib, u oxir-oqibat doimiy va ishonchli o‘t ochishni to‘xtatishga aylanadi. G‘azo 7 oktyabrda Isroilga hujumni amalga oshirgan odamlar tomonidan nazorat qilinar ekan, mojaroni ikki davlat asosida hal qilish mumkin emas”, — deydi vazir.

Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, Falastinni tan olish “muzokara jarayonining boshida bo‘lishi mumkin emas, lekin bu jarayonning oxirigacha kutishning ham hojati yo‘q”.

Biz falastinliklarga yaxshi kelajak, o‘z davlatiga ega bo‘lgan istiqbolni berishimiz kerak”, — dedi u va bu “mintaqada uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlik uchun mutlaqo zarur” ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo