
Arxiv foto: Sputnik
2024 yilda Gruziyada AQSH bilan Troojan Footprint qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va Noble Partner ko‘p millatli treninglari o‘tkaziladi. Bu haqda bosh vazirlikka nomzod Irakliy Kobaxidze dasturida aytilgan.
“2024 yilda Gruziya AQSH Yevropa qo‘mondonligining maxsus shtab-kvartirasini qabul qiladi. Ko‘p millatli operativ kuchlarning Troojan Footprint mashqlari hamda Noble Partner Amerika—Gruziya ko‘p millatli mashqlari. Bundan tashqari, Gruziya harbiylari AQSH tomonidan xorijda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda qatnashadi”, — deyiladi hujjatda.
Dasturda qayd etilishicha, 2024 yilda AQSH moliyaviy ko‘magi doirasida Gruziya Mudofaa vazirligiga ajratiladigan mablag‘ 50 million dollardan ortiqni tashkil etadi. Ikki tomonlama hamkorlikda asosiy e’tibor Gruziya mudofaa kuchlari texnikasini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
2023 yil sentyabr oyida Gruziyada NATO davlatlari va hamkorlari harbiy xizmatchilari ishtirokida Agile Spirit ko‘p millatli mashqlari yakunlangan edi. Ularda 21 davlatdan 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashdi. Mashg‘ulotlardan maqsad harbiy amaliyotlarni rejalashtirish va amalga oshirishda NATO mamlakatlari va hamkorlari qurolli kuchlarining o‘zaro hamkorligini oshirishdan iborat bo‘lgan.
GruziyaAQSHHarbiy Mashg‘ulotlarKo‘p Millatli TreninglarMudofaa VazirligiTexnikani Modernizatsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing