date
views 131

AQSH Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba berdi

AQSH Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba berdi
Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Iordaniyadagi o‘z bazasiga berilgan zarbaga javoban Iroq va Suriyadagi Eron obyektlariga birinchi zarbalarini berdi. Bu haqda Reuters yozdi.

Amerika samolyotlari 28 yanvar kuni uch amerikalik askarning o‘limiga sabab bo‘lgan dron hujumiga javoban eronparast tuzilmalarning nishonlariga zarba berishni boshladi.

AQSH harbiylari bayonotida aytilishicha, zarbalar qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari, raketa va dronlarni saqlash inshootlari, logistika va o‘q-dorilarni yetkazib berish zanjiri obyektlari kabi nishonlarga berilgan.

Al Jazeera telekanali, o‘z navbatida, portlashlar sharqiy Dayr-az-Zur viloyatidagi Al-Mayadin shahrida sodir bo‘lganiga aniqlik kiritdi.

The Wall Street Journal o‘z navbatida, amerikalik rasmiylarga tayanib, zarbalardan maqsad Eron va uning ishonchli vakillarini butun mintaqada Amerika harbiylariga qarshi hujumlarni to‘xtatishga majburlash ekani haqida yozdi.

Bu zarbalar 28 yanvar kuni Iordaniyadagi AQSH harbiy-havo kuchlarining bazasiga dron hujumiga javob ekani ta’kidlanmoqda. Oqibatda uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 34 nafari jarohat olgan edi.

Umuman olganda, oktyabr oyida Isroil-Falastin mojarosi kuchayganidan beri mintaqadagi AQSH qo‘shinlari taxminan 166 ta hujumga uchragan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba berdi