Rossiya Ukrainada albatta g‘alaba qozonadi, chunki Kiyev uchun uning hujumiga qarshilik ko‘rsatish tobora qiyinlashadi, deb yozadi xitoylik harbiy ekspert Szin Chjen "Sohu" portalida.
“Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning maqsadli va doimiy hujumini to‘xtatish imkoniyatini tobora yo‘qotmoqda”, - deyiladi maqolada.
Ekspertning qayd etishicha, Kiyev G‘arbdan jang maydonida yo‘qotganidan ancha kam qurol oladi. Szin Chjenning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb tomonidan berilgan bir tankka yo‘q qilingan o‘ntasi to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, hatto Ukraina tomonidan olingan namunalar ham eskirgan yoki nosoz qurollardir.
“Bir narsa aniq: Putin so‘nggi hal qiluvchi jangda g‘alaba qozonadi”, — deya xulosa qildi muallif.
Ukraina Qurolli kuchlarining yozgi qarshi hujumidagi katta muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari maxsus harbiy operatsiyada sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. O‘tgan yil dekabr oyi oxirida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga qurolli kuchlar bo‘linmalari DXRda Marinkani to‘liq ozod qilgani haqida xabar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi